AQSHda “Turk uyi”ga hujum qilgan shaxs qo‘yib yuborildi

3-sahifa

image

Nyu-York sudi joriy yilning 22 may kuni Amerika poytaxtida joylashgan “Turk uyi”ga hujum qilgan Rajab Oqbiyikni shartli ozod qilish qarorini chiqardi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.

Qaror kecha, 28 may kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 20:30 da qabul qilingan. Oqbiyik talonchilikka urinish, terrorchilik jinoyati va jinoyat sodir etish uchun qurol saqlash, terror tahdidini qilish, jinoiy buzuqlik va tahdid qilishda ayblangan.

Sud hukmiga ko‘ra, unga “Turk uyi” binosiga yaqinlashishi va unga tutash hududlarda bo‘lishi taqiqlandi.

Keyingi sud majlisi 25 iyulga belgilangan. Sud majlisi yakunida Oqbiyik sherif hamrohligida Nyu-Yorkdagi Belvyu shifoxonasining ruhiy kasalliklar bo‘limiga yuborilib, uning ruhiy holati yetarli yoki yo‘qligi aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, 22 may kuni Nyu-Yorkdagi Manxetten hududida Turkiya Bosh konsulligi joylashgan “Turk uyi” binosiga hujum uyushtirilgandi. U yerda Turkiya prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida ovoz berish jarayoni o‘tayotgan bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

N'yu-York Turk uyi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing