AQSHda sudya vafoti munosabati bilan bayroqlar tushirildi

Olam

image

Kecha, 18 sentyabr kuni AQSH Oliy sudi sudyasi Rut Beyder Ginzburgning vafoti munosabati bilan Oq uy va Vashingtondagi boshqa Hukumat binolari ustidagi davlat bayroqlari tushirildi

Oq uy Matbuot kotibi Jadd Dir Prezident Donald Trampning tegishli farmoni haqida xabar berdi. 

"Prezident Tramp AQSH Oliy sudi sudyasi Rut Beyder Ginzburgga hurmat belgisi sifatida, uning dafn marosimi kuni quyosh botguncha AQSHdagi barcha bayroqlarni tushirishni buyurdi", deyiladi xabarda. 

Tramp, o‘z navbatida, Ginzburgning o‘limi to‘g‘risida rasmiy bayonot e’lon qilgan. Hujjatda Tramp har doim ham marhumadan rozi bo‘lmaganini, lekin Ginzburg "mamlakatni sevgani hamda o‘z hayotini Amerika xalqi va qonunlariga xizmat qilishga bag‘ishlagan haqiqiy vatanparvar" bo‘lganini tan oldi.

Sudyaning dafn marosimi Arlington milliy qabristonida bo‘lib o‘tadi va begonalar kiritilmaydi. Ginzburg 1993 yilda sobiq Prezident Bill Klinton tomonidan Oliy sudga tayinlangan va AQSH tarixida ushbu lavozimni egallagan ikkinchi ayol bo‘lgandi. U butun faoliyati davomida ayollar huquqlari uchun kurashgan


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tramp Rut Beyder Ginzburg

Baholaganlar

107

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made