AQSHda sayyohlar uchun PZR test topshirish talabi bekor qilinmoqda

Olam

image

AQSH ma’muriyati mamlakatga kiruvchi sayyohlar uchun majburiy PZR test topshirish talabi bekor qilinishini e’lon qildi. Bu haqda “The Hill” nashri xabar berdi.

“AQSH Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari ilmiy dalillarga asoslanib, bu talab endi kerak emasligini aniqladi”, dega AQSH ma’muriyatining yuqori martabali rasmiysi.

Shu bilan birga, u epidemiologik vaziyat keskin yomonlashgan taqdirda talab qaytarilishi mumkinligini ta’kidlagan. Testlarni bekor qilishni Amerika sayyohlik sanoati vakillari so‘ragan.

“Bugun AQSHda havo qatnovini va xalqaro sayohatni tiklash yo‘lidagi yana bir muhim qadam bo‘ldi. Bayden ma’muriyatini butun dunyodan sayyohlarni qaytarish va AQSH turizm industriyasining tiklanishini tezlashtiradigan bu harakatlari uchun maqtash kerak”, degan AQSH Sayohat uyushmasi bosh direktori Rojer Do.

Douning ta’kidlashicha, yangi hisobot jo‘nashdan oldin majburiy sinov talabini bekor qilish 2022 yil oxirigacha AQSHga qo‘shimcha 5,4 million tashrif buyuruvchini va qo‘shimcha 9 milliard dollarlik sayohat xarajatlarini jalb qilishi mumkinligini ko‘rsatgan.

Majburiy sinov talabi 12 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:01da rasman bekor qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh koronavirus PZR

Baholaganlar

8

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing