AQSHda saylov. Bayden yana bir shtatda g‘alabani ilib ketdi
Olam
−
04 noyabr 2020
9894AQSH prezidentligiga nomzod Jo Bayden muhim shtatlardar biri Viskonsinda g‘alaba qozondi. Barcha byulletenlar saralab chiqilganda Bayden 49,5 foiz ovoz olgan, Donald Tramp esa 48,8 foiz ovoz to‘plagan. Bu haqda MSNBC telekanali xabar berdi.
Viskonsinda g‘alaba saylovchilar kollegiyasining 10 ta ovozini beradi. Bularni ham qo‘shib hisoblasa Bayden 248 ta ovoz to‘plagan bo‘ladi. Tramda esa hamon 213 ta ovoz. G‘alaba qozonish uchun 270 ta ovoz kerak.
WATCH: "All of the ballots have indeed been counted," Wisconsin Elections Commission Director Meagan Wolfe says.
— MSNBC (@MSNBC) November 4, 2020
"We're not seeing that there's any counties that haven't posted their results on their websites."
Track latest Wisconsin results here: https://t.co/GrcGGYyeVt pic.twitter.com/CNL50hUTnU
Qayd etish kerakki, Viskonsinda Bayden va Tramp olgan ovozlardagi farq 1 foizdan kam. Bu hol natijalar bo‘yicha shikoyat bilidirshga imkon beradi va Tramp katta ehtimol bilan shunday qiladi.
Bu shtatda 1992 yildan beri demokratlar g‘alaba qozonib kelgan, faqatgina 2016 yilda bu shtat Trampni qo‘llagan.
An’anaga ko‘ra, AQSHda faqatgina respublikachilarni yoki demokratlarni qo‘llovchi shtatlar bor. Shu sababdan saylovoldi so‘rov va taxminlar “chayqalib turuv” shtatlarga qaratiladi.
Bu yil kuzatuvchilar 12 ta shunday shtatni ajratdi. Bular: Arizona, Florida, Jorjiya, Ayova, Michigan, Minnesota, Nyu- Gempshir, Shimoliy Karolina, Ogayo, Pensilvaniya, Texas va Viskonsin.
LiveBarchasi