AQSHda saylov. Ayrim shtatlar natijalarni e’lon qilishga shoshilmayapti

Olam

image

AQSHning Viskonsin, Michigan va Pensilvaniya shtatlari saylov uchastkalari yopilgandan so‘ng ham ovoz berish natijalarini e’lon qilishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Buyuk Britaniyaning “The Guardian” nashri yozmoqda.

Ommaviy axborot vositalarining taxminlariga ko‘ra, amaldagi prezident Donald Tramp yetakchi bo‘lgan Viskonsin shtatida (10 nafar saylovchi) ovoz berish natijalari to‘g‘risida xolis ma’lumot bera olmasliklarini aytishgan.

Tramp, shuningdek, Michigan shtatidagi (16 saylovchi) raqibi Jo Baydendan oldinda, u rasmiy natijalarni juma kunidan oldin chiqarishni rejalashtirmoqda. Pensilvaniya (20 saylovchi) natijalarni e’lon qilish vaqtini ochiqlamagan.

Tramp bir kun oldin jurnalistlarga saylov natijalari mahalliy vaqt bilan 3 oktyabr kuni kechqurun (Toshkent vaqti bilan 3 noyabr kuni ertalab) e’lon qilinishi mumkinligini aytdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, demokrat Jo Bayden amaldagi Prezident, respublikachi Donald Trampdan 237-213 ovoz bilan oldinda bormoqda. Saylovda g‘alaba qozonish uchun 270 ta ovoz to‘plash kerak.
 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh saylov

Baholaganlar

125

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing