AQSHda Rossiya hukumatini ag‘darish strategiyasi yo‘q – Blinken

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Rossiyada tuzumni o‘zgartirish strategiyasi yo‘q. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken kecha, 27 mart kuni Prezident Jo Baydenning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin hokimiyatda qolmasligi haqidagi bayonotiga munosabat bildirib, aytib o‘tdi.

“Menimcha, prezident, Oq uy kecha kechqurun bayonot berdi, prezident Putin Ukrainaga yoki boshqa birovga qarshi urush olib borish yoki tajovuz qilish huquqiga ega emasligini aytdi.

Bilasiz, biz ham bot-bot takrorlaganmiz, bizda Rossiya yoki boshqa biror davlatda tuzumni o‘zgartirish strategiyasi yo‘q. Barchasi o‘sha davlat xalqiga bog‘liq”, deydi Blinken Quddusga tashrifi chog‘ida o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Avvalroq, AQSH rahbari Jo Bayden Polshaga safari davomida so‘zlagan nutqida Rossiya hech qachon Ukraina ustidan g‘alaba qozonmasligi va Prezident Vladimir Putin hokimiyatda qolmasligini aytgandi.

Shundan so‘ng, AQSH ma’muriyati Jo Baydenning Varshavadagi so‘zlarini tushuntirib, u Rossiyada hokimiyatni ag‘darish niyatida emasligi haqidagi bayonot bilan chiqqandi.

Kreml vakili Dmitriy Peskov esa Baydenning gaplariga munosabat bildirib, Rossiyani kim boshqarishini AQSH Prezidenti emas, ruslar hal qilishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Jo Bayden

Baholaganlar

155

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing