AQSHda poyezd vagonlari relsdan chiqib ketdi

Olam

image

AQSHning Montana shtatida pivo olib ketayotgan poyezdning 25 vagoni relsdan chiqib ketdi. Bu haqda “NBC Montana” telekanali xabar berdi.

“Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi, atrof-muhitga xavf yo‘q”, deyiladi xabarda.

Gubernator Greg Gianforte sodir bo‘lgan voqealar oqibatlarini bartaraf etish uchun davlat resurslarini safarbar qilishga tayyor ekanini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida AQSHning Ogayo shtatida yuk poyezdining 50 vagoni relsdan chiqib ketgan, ulardan 20 tasida xavfli moddalar bo‘lgandi. Milliy transport xavfsizligi kengashi vakili Maykl Gremning so‘zlariga ko‘ra, yonib ketgan vagonlarning 14 tasida turli plastik mahsulotlarda ishlatiladigan vinilxlorid bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing