AQSHda odamlar ustiga mashina haydaldi, ortidan otishma bo‘ldi
Olam
−
08 iyun 2020
13873Kecha, 7 iyun kuni kechqurun Vashington shtatining Sietl shahrida namoyishchilar ustiga mashina haydaldi. Shundan so‘ng, haydovchi mashinadan tushib, odamlarga qarata o‘t ochishni boshladi. Bu haqda “The Seattle Times” nashri xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, otishma oqibatida bir kishi jarohat olgan. U kasalxonaga yotqizilgan va uning ahvoli barqarorligi aytilmoqda.
Haydovchi ushlangan. Politsiya surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 may kuni Minneapolis politsiyasi afroamerikalik Jorj Floydni hibsga oldi. Qo‘lga olish paytida politsiyachi erkakning bo‘ynini tizzasi bilan bosib turadi. Floyd “men bo‘g‘ilyapman”, deb bir necha marta aytgan. Ammo huquq-tartibot idoralari xodimlari bunga e’tibor bermagan. Oqibatda, erkak reanimatsiyada vafot etgan. Bu AQSHda ommaviy norozilik va tartibsizliklarni keltirib chiqardi.
LiveBarchasi