AQSHda neft zaxiralari haqidagi xabarlar oldidan narx ko‘tarildi
Olam
−
15 iyun 2022
8018Bugun, 15 iyun kuni ertalabki savdolarda Brent neftining narxi bir barrel uchun 121 dollargacha ko‘tarildi.
Kecha, 14 iyun kuni so‘nggi auksionda ushbu markadagi neftning bir barreli narxi 125,19 dollarga yetdi va kunni 121,17 dollar darajasida yakunladi.
15 iyun kuni soat 09:38 holatiga ko‘ra, elita markali neft narxi 0,37 foizga oshib, bir barrel uchun 121,62 dollarni tashkil qildi. WTI markali neft fyucherslari narxi bir barrel uchun 119,33 dollarni tashkil etdi.
Narxlarning oshishiga AQSH Federal zaxira tizimi (FZT)ning foiz stavkasi bo‘yicha qarori oldidan taklif xavotirlari va noaniqlik sabab bo‘lmoqda.
OPEKning so‘nggi hisobotiga ko‘ra, may oyida dunyoda neft qazib olish o‘tgan oyga nisbatan kuniga 150 ming barrelga kamayib, 98 million 750 ming barrelga tushdi.
OPEK global neft talabi bo‘yicha o‘z prognozini o‘zgarishsiz qoldirib, bozorlardagi noaniqlikka ishora qildi. Bozorlar, shuningdek, Xalqaro energiya agentligining 15 iyun kuni e’lon qilinadigan neft bozori ma’lumotlariga e’tibor qaratmoqda.
Pul bozorlari 75 bazaviy punktga stavka ko‘tarilishini nazarda tutganiga qaramay, FZT turli xil variantlarga ega, bu esa investorlarni ehtiyotkor bo‘lishiga olib keladi.
FZTning aniqroq pozitsiyaga ega bo‘lish ehtimoli iqtisodiyot va neftga bo‘lgan talab bilan bog‘liq xavotirlarni kuchaytiradi.
LiveBarchasi