AQSHda namoyishga chiqqanlar ustiga mashina haydaldi
Olam
−
18 iyun 2020
7850AQSHning Oregon shtatidagi Portlend shahrida namoyishchilar ustiga mashina haydaldi. Oqibatda uch kishi jabrlangan. Bu haqda shahar politsiya boshqarmasi xabar bermoqda.
"Avtomobil bir nechta namoyishchini urib yubordi va qarama-qarshi yo‘lga chiqib, yuqori tezlikda qochib ketdi", deyiladi bayonotda.
Xabar qilinishicha, hodisa oqibatida uch kishi yengil jarohat olgan, haydovchi qo‘lga olingan.
Joriy yilning 7 iyun kuni Vashington shtatining Sietl shahrida namoyishchilar ustiga mashina haydalgan, shundan so‘ng, haydovchi mashinadan tushib, odamlarga qarata o‘t ochgandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 25 may kuni Minneapolis politsiyasi afroamerikalik Jorj Floydni hibsga oldi. Qo‘lga olish paytida politsiyachi erkakning bo‘ynini tizzasi bilan bosib turadi. Floyd “men bo‘g‘ilyapman”, deb bir necha marta aytgan. Ammo huquq-tartibot idoralari xodimlari bunga e’tibor bermagan. Oqibatda, erkak reanimatsiyada vafot etgan. Bu AQSHda ommaviy norozilik va tartibsizliklarni keltirib chiqardi.
LiveBarchasi