AQSHda Moskvaga mikroelektronika eksport qilishda ayblangan rossiyalik hibsga olindi
Olam
−
17 Sentabr
1791Rossiya fuqarosi Denis Postovoy AQSHning Sarasota shahrida (Florida shtati) Rossiyaga harbiy ilovalar bilan mikroelektronikani noqonuniy yetkazib berganlikda ayblanib hibsga olindi. Bu haqda kecha, 16 sentyabr kuni AQSH Adliya vazirligi ma’lum qildi.
"Rossiya fuqarosi, Sarasota shahridan 44 yoshli Denis Postovoy bugun ertalab Eksport nazoratini isloh qilish qonunini buzish, kontrabanda, pul yuvish va AQSHga qarshi firibgarlikda ayblanib hibsga olindi", deyiladi vazirlik bayonotida.
Amerika rasmiylariga ko‘ra, Postovoy Ukrainadagi mojaroda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan ikki maqsadli texnologiyalarni Rossiyaga noqonuniy eksport qilgan.
19 sentyabr kuni uni hibsda saqlashni davom ettirish bo‘yicha sud majlisi bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi