AQSHda kuchli zilzila qayd etildi

Olam

image

Bugun, 18 mart kuni ertalab AQSHning Yuta shtatida 5,7 magnitudali zilzila yuz berdi. AQSH Geologiya boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, zilzila markazi Magna shahridan 6 km masofada, 10 km chuqurlikda bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi yer silkinishdan so‘ng, 20 daqiqa davomida 6 ta kichik aftershoklar yuz bergan.

Tabiiy hodisa oqibatida shtatning bir qancha tumanida elektr ta’minoti uzilishi kuzatilgan.

Bugun ro‘y bergan zilzila shtat uchun 1992 yildan beri eng kuchlisi bo‘ldi. O‘sha yil Sent-Jorj tumanida 5,9 balli yer qimirlashi qayd etilgandi. Ekspertlarning hisob-kitoblari va 1850 yildagi arxiv ma’lumotlariga ko‘ra, Yuta shtatida 5 dan katta magnitudali zilzilalar har 10 yilda bir marta sodir bo‘ladi. 6 balli yer qimirlashlari esa har 50 yilda bir marta ro‘y beradi.
 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh zilzila

Baholaganlar

132

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing