AQSHda koronavirusga chalinganlar soni 16 milliondan oshdi

Olam

image

Xalqaro tashkilotlar, federal va mahalliy hokimiyatlarning ma’lumotlari asosida hisoblab chiqadigan Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda koronavirus bilan kasallanganlar soni 16 milliondan oshdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, pandemiya boshlanganidan buyon va shu kungacha AQSHda 16 014 839 kishi koronavirus bilan kasallangan. Infeksiyaga chalinganlar soni bo‘yicha Kaliforniya yetakchi (1 535 962 holat), undan keyin Texas (1 395 889), Florida (1 116 973), Illinoys (841 688) va Nyu-York (764 966) bormoqda. AQSHda koronavirus tufayli jami 297 501 kishi vafot etdi.

Ayrim manbalarning xabar berishicha, Qo‘shma Shtatlarda koronavirusdan vafot etgan soni mamlakatning Ikkinchi Jahon urushi paytidagi jangovar yo‘qotishlaridan ham ko‘proqdir. AQSH Faxriylar ishlari vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, urush yillaridagi yo‘qotishlar ichida halok bo‘lganlar soni 291 557 kishini tashkil etgan.

Pandemiya boshlanganidan beri dunyoda 71,5 millionga yaqin odam koronavirus bilan kasallandi. Bemorlardan 1,6 milliondan ortig‘i vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh koronavirus

Baholaganlar

39

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing