AQSHda koronavirusga chalinganlar 2 milliondan oshdi

Olam

image

AQSHda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 2 000 000 dan oshdi. Jons Xopkins universiteti ma’lumotiga ko‘ra, hozirda Amerikada 2 mln 464 kishida koronavirus aniqlangan va bu borada mamlakat dunyoda mutlaq yetakchilik qilyapti.

AQSHda pandemiya boshidan beri 112 924 kishi COVID-19 kasalligidan vafot etgan, 533 504 kishi sog‘aygan. Amerikada bugungacha koronavirusga 22,6 milliondan ortiq test o‘tkazilgan.

Eng ko‘p kasallanish Nyu-York (380 156 nafar), Nyu-Jersi (165 364), Kaliforniya (139 715), Illinoys (129 837) va Massachusets shtatida (104 156) qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus ilk bor Xitoyda aniqrog‘i, Xubey viloyatining Uxan shahrida 2019 yilning dekabr oyi o‘rtalarida aniqlangandi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2020 yil mart oyida uni pandemiya deb tan oldi. Koronavirus pandemiyasi boshlangandan beri dunyoda 7,2 million odam kasallika chalindi, ularning 410 mingdan ortig‘i halok bo‘ldi va 3,7 milliondan ortig‘i sog‘aydi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Amerikada

Baholaganlar

124

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing