AQSH fuqarolariga yana 1 200 dollardan tarqatmoqchi
Olam
−
29 iyul 2020
7419AQSH hukumati koronavirus pandemiyasi sharoitida iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun 1 trillion dollarlik yangi yordam paketini tayyorladi. Bu haqda mamlakat Moliya vaziri Stiven Mnuchin ma’lum qildi.
Loyihada oilalarga 1200 dollardan pul tarqatish ham ko‘zda tutilgan. Hukumat soliqlarni kamaytirish va turli imtiyozlar berishdan ko‘ra, to‘g‘ridan to‘g‘ri aholiga pul tarqatish samaraliroq bo‘lishini ta’kidlamoqda.
Oq uyning ta’kidlashicha, ushbu loyiha Prezident Donald Tramp tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va Kongressga taqdim etilgan. Hozirgi vaqtda Oq uy Senat bilan yangi paket borasida kelishib olgani aytilmoqda.
Pandemiya davrida AQSH hukumati iqtisodiyot va aholini qo‘llab-quvvatlash uchun qariyb 3 trillion dollar ajratgan. Amerika avval ham fuqarolariga 1 200 dollardan tarqatgandi.
Ma’lumot uchun, AQSH COVID-19 dan eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatda koronavirusga chalinganlar 4 milliondan, vafot etganlar esa 150 mingdan oshgan.
LiveBarchasi