AQSHda koronavirusdan o‘lim holati bo‘yicha antirekord qayd etildi

Olam

image

AQSHda koronavirus tufayli bir kunda 3 mingdan ortiq odam vafot etdi. Bu haqda "Covid Tracking Project" ma’lumotlariga asoslanib xabar berilgan. 

Ta’kidlanishicha, kecha, 9 dekabr kuni AQSHda COVID-19 asoratlari oqibatida 3 ming 54 nafar bemor vafot etgan. Bu pandemiya paytidagi maksimal ko‘rsatkich hisoblanadi. 

O‘lim bo‘yicha bundan oldingi antirekord 7 may kuni o‘rnatilgan. O‘sha kuni mamlakatda 2 ming 769 ta o‘lim qayd etilgan. 

Hozirda COVID-19 bilan kasallangan 106 mingdan ortiq bemor AQSH shifoxonalarida qolmoqda. 

Mamlakatda har kuni o‘rtacha 200 mingdan ortiq ushbu kasallikning yangi holatlari ro‘yxatga olinadi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda umumiy hisobda 15 mln 820 ming 42 kishi koronavirus infeksiyasiga chalingan, 296 ming 698 kishi vafot etgan.

Amerikalik olimlarning fikriga ko‘ra, ommaviy emlashga qaramay, Qo‘shma Shtatlarda koronavirusdan yarim milliondan ortiq odam o‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh KORONAVIRUS

Baholaganlar

149

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing