AQSHda koronavirusdan norozi shaxs terakt sodir qilmoqchi bo‘ldi

Olam

image

Federal qidiruv byurosi (FQB) agentlari teraktga tayyorlangan shaxsni yo‘q qildi. U hukumat koronavirusga qarshi yetarlicha chora ko‘rmayotganidan norozi bo‘lgan. Bu haqda “Fox-4” xabar bermoqda.

Telekanal bergan ma’lumotga ko‘ra, Belton shahrida istiqomat qiluvchi 36 yashar erkak uni qo‘lga olish vaqtida otishma uyushtirgan. Oqibatda u og‘ir yaralangan va qoyea joyida vafot etgan.

FQB vakillarining so‘zlariga ko‘ra, "hukumatning koronavirus vaqtida masofani saqlash haqidagi iltimosidan norozi bo‘lgan” erkak mahalliy kasalxonani portlatishga tayyorgarlik ko‘rgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlariga u portlash moslamasini tayyorlash uchun materiallar yig‘a boshlaganligi haqida ma’lumot kelib tushgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirusga 67759 nafar odam chalindi. 64 bemor shifo topgan bo‘lsa, 1003 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh

Baholaganlar

147

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing