AQSHda koronavirus yuqtirganlar 900 000 dan oshdi

Olam

image

Bundan bir necha hafta ilgari biz dunyoda koronavirus yuqtirganlar million yoki bir yarim millionga yaqinlashgani haqida so‘z yuritayotgan edik. Oradan bir oy ham vaqt o‘tmasdan bir davlatning o‘zida koronaviru yuqtirganlar millonga yaqinlashdi.

Bugun, 25 aprel kuni AQSHda koronavirus yuqtirganlar soni 925 758 nafarga yetdi va bu borada mamlakat dunyoda yetakchilik qilyapti. Bu dunyodagi barcha koronavirus bemorlarining (ayni vaqtda 2,8 mlndan ortiq) deyarli uchdan bir qismiga teng.

AQSHda koronavirusga chalingan bemorlaning 52 185 nafari vafot etgan. Kasallikdan sog‘ayganlar 110 432 nafarni tashkil qilyapti. Kasallik faol bo‘lgan bemorlar 7762 421 nafarga teng. Shundan 15 097 nafar bemor og‘ir ahvolda.

Nyu-York shtati AQSHda vaziyat eng murakkab hudud bo‘lib qolyapti. U yerda 277 445 kishi virus yuqtirgan, 21 291 kishi vafot etgan. 102 196 kishi virus yuqtirgan Nyu-Jersi shtati ikkinchi o‘rinda boryapti. U yerda 5617 kishi halok bo‘lgan. Vayoming shtati AQSHda vaziyat eng yaxshi hududlardan. U yerda 473 kishi virus yuqtirgan va 7 kishi vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus AQShda

Baholaganlar

201

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing