AQSHda koronavirus tarqalishi sekinlashdi – Maykl Pens

Olam

image

AQSHda koronavirus bilan kasallanish holatlari kamaydi. Nisbatan kamroq odamlar shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda kecha, 20 aprel kuni AQSH vitse-prezidenti Maykl Pens ma’lum qildi.

“Butun mamlakatda, hatto kasallik o‘choqlarida ham koronavirus qayd etilishi kamaydi. Shuningdek, shifoxonaga yotqizilayotgan bemorlar soni ham nisbatan ozaygan“, deydi Maykl Pens.

Pens shuningdek, xodimlarga qilgan ishlari uchun minnatdorchilik bildirdi va “kun sayin amerikaliklar koronavirusni yengib, AQSHni odatiy hayotga qaytishiga“ umid bildirdi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 17 aprelidan boshlab AQSHning 29 shtati cheklovlarni olib tashlashni boshladi. Epidemiologik vaziyat yaxshilanayotgan shtatlarda esa karantin qoidalari yumshatiladi. 18 aprel kuni esa bir qancha shtatlardagi yirik korxonalar o‘z faoliyatini tiklashiga ruxsat berilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda koronavirus bilan bog‘liq 787 901 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 72 858 nafari sog‘aygan, 42 364 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 672 679 kishini tashkil qilmoqda

 

Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus AQShda

Baholaganlar

61

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing