AQSHda ikkita samolyot to‘qnashib ketdi. Qurbon bor (video)

Olam

image

AQSHning Arizona shtatidagi aeroportda ikki biznes-jet to‘qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda manbalarga tayanib, “Arizona's family” xabar berdi.

AQSH aviatsiya boshqarmasiga ko‘ra, hodisa kecha, 10 fevral kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 15:00 da Arizonaning Skottsdeyl aeroportida yuz bergan. Sakkiz yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan Learjet 35A samolyoti qo‘ngandan so‘ng uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, Gulfstream 200 (18 o‘rinli) biznes-jeti bilan to‘qnashgan. Learjet 35A samolyoti Texas shtatining Ostin shahridan uchib kelgan.

Nashr manbalariga ko‘ra, to‘qnashuv oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lgan. Uch kishi shifoxonaga yotqizilgan. Yana besh kishi samolyotlardan birining ichida qolib ketgan. Qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda. Rasmiylar qutqaruv ishlari tugaguncha aeroportni yopgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerikaning Sietl-Takoma aeroportida Yaponiyaning Japan Airlines kompaniyasiga tegishli bo‘lgan yo‘lovchi samolyoti AQSHning Delta Air Lines aviakompaniyasiga qarashli samolyot bilan to‘qnashgandi. Jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmagan. Yo‘lovchilar esa boshqa samolyotga ko‘chirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot aviahalokat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing