AQSHda iqtisodiy inqiroz boshlandi

Olam

image
Dunyoda global iqtisodiy inqiroz boshlandi north_east

Dunyoda global iqtisodiy inqiroz boshlandi

AQSHning eng yirik sarmoyaviy banklaridan biri bo‘lgan “Bank of America” Qo‘shma Shtatlardagi moliyaviy inqiroz boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda moliya tashkilotining yetakchi tahlilchisi Mishel Meyerning hisobotiga asosan CNBC telekanali xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika iqtisodiyotidagi retsessiyani oldini olish mumkin emas va muammolarning asosiy sababi koronavirusning tarqalishidir. 

“Biz rasmiy ravishda Amerika iqtisodi retsessiya holatiga tushib qolganini e’lon qilamiz”, deb yozadi tahlilchi.

Meyer AQSHda ishsizlikning kuchayishi, iste’molchilar ishonchining yo‘qolishi va jamg‘armalar kamayishi taxminini bildirgan. Bundan tashqari, uning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2020 yilning ikkinchi choragi yakuniga ko‘ra, AQSH iqtisodiyotida chorakdan chorakgacha YAIM 12 foiziga pasayadi.

“Bank of America” mehnat bozori istiqbollarini baholab salbiy prognozni ma’lum qilgan. Meyerning so‘zlariga ko‘ra, AQSHda ishsizlik darajasi yaqin kelajakda ikki baravar ortadi va ishsizlar soni ikkinchi chorak davomida oyiga million kishiga ko‘payib, jami 3,5 million kishiga yetadi.

Biroq, “Bank of America” inqiroz qanchalar kuchli bo‘lishiga qaramay qisqa muddat davom etadi deb hisoblamoqda. 

“Inqiroz juda qattiq bo‘lsa-da, uzoq davom etmaydi degan umidddamiz”, deb yozgan Meyer.

Shuningdek davlat iqtisodiyotni rag‘batlantirishga e’tibor bermasligi kerakligini ta’kidlagan.

Ma’ulumot uchun, koronavirus epidemiyasi, shuningdek, OPEC va Rossiya o‘rtasidagi bitimining buzilishi tufayli yuzaga kelgan neft narxlarining pasayishi global fond bozorlariga kuchli ta’sir o‘tkazdi. So‘nggi bir yarim hafta ichida faqat AQSH fond birjalari 30 foizga “quladi”, Brent markali neft 2 mart kuni 52,36 dollardan 19 martga kelib 25 dollargacha tushdi.


Maqola muallifi

Teglar

iqtisodiy inqiroz

Baholaganlar

418

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing