AQSHda ichida noqonuniy muhojirlar bo‘lgan mashina dahshatli YTHga uchradi
Olam
−
09 noyabr 2023
3998AQSHning Texas shtatida chegarani noqonuniy kesib o‘tgan muhojirlarni olib ketayotgan mashina halokatga uchrashi oqibatida 8 kishi vafot etdi. Bu haqda Davlat jamoat xavfsizligi departamentiga tayanib, “Aol” xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 8 noyabr kuni tongda Honda Civic haydovchisi Zavala okrugi departamenti xodimlarining buyrug‘iga bo‘ysunmasdan, katta tezlikdagi mashinada qochayotgan vaqtida Equinox rusumli avtomobil bilan to‘qnashib, yonib ketgan.
Departament matbuot kotibi Kristofer Olivaresning ma’lum qilishicha, YTH oqibatida har ikki mashinadagi yo‘lovchi va haydovchilar voqea joyida halok bo‘lgan. Jumladan, 21 yoshli Honda Civic haydovchisi va 5 nafar noqonuniy migrant ham vafot etgan.
“Birinchi mashinadagi qurbonlarning ba’zilari gonduraslik, Equinox'dagi ikki kishi esa gruziyalik ekani aniqlandi”, deydi Olivares.
Mashinalar qanday tezlikda to‘qnashgani noma’lum, biroq huquq-tartibot idoralari tomonidan taqdim etilgan fotosuratlarda ikkalasi ham parchalanib ketgani va biri to‘liq yonib ketgani tasvirlangan.
LiveBarchasi