AQSHda F-35 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi (video)

Olam

image

AQSHning Nyu-Meksiko shtatidagi Albukerke Sanport xalqaro aeroporti yaqinida F-35 harbiy samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda CBS News xabar berdi.

Samolyot ishlab chiqaruvchi Lockheed Martin kompaniyasi vakilining aytishicha, F-35 Texasdan Kaliforniyaga yo‘l olgan.

“Qiruvchi samolyot Albukerke metropolitenining janubi-sharqiy kvadrantida joylashgan Kirtlend havo kuchlari bazasida yoqilg‘i quyishdan keyin halokatga uchragan”, deydi kompaniya vakili.

Uchuvchi shifoxonaga yetkazilgan, shifokorlar uning ahvolini og‘ir deb baholamoqda. Samolyot halokati sabablari haqidagi ma’lumotlar hozircha oshkor etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 8 mart kuni AQSHning Texas shtatida Milliy gvardiya vertolyotining qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh F-35

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made