AQSHda besh kunlik motam e’lon qilindi
Olam
−
23 fevral 2021 14757 1 daqiqa
AQSHda koronavirus infeksiyasidan vafot etganlar soni 500 mingdan oshdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda vafot etganlar soni 512 ming 590 kishini tashkil etmoqda.
AQSH koronavirusdan vafot etganlarning o‘limi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi.
Shu munosabat bilan AQSH Prezidenti Jozef Bayden mamlakatda besh kunlik motam e’lon qildi va barcha davlat bayroqlari tushirilishini talab qildi.
Qayd etilishicha, Prezident sham yoqish marosimida ham ishtirok etadi, unda bir daqiqalik sukut e’lon qilinadi.
Marosimda, shuningdek, AQSH birinchi xonimi Jill Bayden, vitse-prezident Kamola Xarris va uning turmush o‘rtog‘i Duglas Emhoff ishtirok etadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr