AQSHda benzin narxi rekord darajaga yetdi 

Olam

image

AQSHda benzin narxi tarixiy maksimumini yangilab, bir gallon uchun (3,785 litr) o‘rtacha 4,43 dollarga yetdi. Bu haqda Amerika avtoulovchilar assotsiatsiyasi veb-saytida e’lon qilingan.  

Ta’kidlanishicha, bir gallon benzinning o‘rtacha narxi 4,43 dollarga yetgan, bu bir hafta oldingi narxdan 15 sentga qimmat. Yoqilg‘i har doim qimmatroq bo‘lgan Kaliforniya shtatida bir gallon benzin o‘rtacha 5,87 dollarni tashkil etmoqda. Shu bilan birga, Merilend shtatidagi ba’zi yoqilg‘i quyish shoxobchalarida yuqori oktanli yoqilg‘i uchun allaqachon 6 dollar so‘rashmoqda. 

Neft strategik zaxiradan chiqarilishi boshlangan joriy yilning aprel oyi boshidan beri benzin narxi biroz pasaygan bo‘lsa-da, may oyining birinchi kunlarida u yana o‘sa boshlagan. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 8 mart kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiya energetika mahsulotlari importini taqiqlashini e’lon qildi, shundan so‘ng benzin narxi rekord darajaga ko‘tarildi. 

AQSHda bir gallon benzin uchun o‘rtacha 4,33 dollarlik tarixiy eng yuqori ko‘rsatkich 11 mart kuni qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh benzin

Baholaganlar

764

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing