AQSHda avtomobil olomon ustiga bostirib kirdi. Qurbonlar bor (video)

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 21 noyabr kuni AQSHning Viskonsin shtatidagi Uokesho shahrida o‘tkazilayotgan Rojdestvo paradida avtomobil olomon ustiga bostirib kirdi.  

Mahalliy politsiya avtomashinaning urilishi natijasida 20 dan ortiq kishi jarohatlangani va bir necha kishi halok bo‘lganini ma’lum qildi. 

Ta’kidlanishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari ushbu ishni o‘rganish uchun “odamlarda qiziqish uyg‘otgan shaxs”ni qo‘lga olib, odamlarni urib yuborgani taxmin qilinayotgan yo‘ltanlamasni topgan. 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, shifoxonalarga yetkazilganlar soni 40 nafardan oshgan.
Shifoxonalardan biriga uch kishi og‘ir ahvolda, to‘rt kishi og‘ir tan jarohatlar bilan, olti kishi qoniqarli holatda yotqizilgan. Shuningdek, 5 kishi halok bo‘lgan.

Qayd etilishicha, jarohatlanganlar orasida katolik ruhoniysi va katolik maktabi o‘quvchilari ham bor. Ma’lum qilinishicha, voqeadan AQSH Prezidenti Jo Bayden ham xabardor qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh avtomobil' olomon

Baholaganlar

400

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing