AQSHda avtofurgon velosipedchilarni bosib ketdi

Olam

image

Kecha, 11 dekabr kuni AQSHning Nevada shtatida avtofurgon velosipedchilarni bosib ketishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi va yana to‘rt kishi jarohatlandi. Bu haqda shtat patrul xizmatiga asoslanib, “The New York Times” nashri xabar bermoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, avtofurgon haydovchisi, noma’lum sabablarga ko‘ra, Nevada shtatidagi Serchlayt shahri yaqinidagi 95-sonli shosse qismida velosipedchilarning ikki guruhi va ularga hamrohlik qilgan yo‘lovchi mashinasini urib yuborgan. Oqibatda besh velosipedchi halok bo‘lgan va yana to‘rt kishi jarohat olgan. Jarohat olganlardan birining ahvoli og‘ir, deb baholanmoqda.

Avtofurgon haydovchisi voqea joyidan qochishga harakat qilmagan va tergov ishlarida hamkorlik qilmoqda. Politsiyaning fikriga ko‘ra, haydovchi boshqaruv vaqtida alkogol yoki giyohvand modda ta’sirida bo‘lmagan. Haydovchidan hali rasman ayblov olinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Nevada

Baholaganlar

87

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing