AQSHda asli o‘zbekistonlik muxlis Ukraina bayrog‘i sabab tennis musobaqasidan chiqarib yuborildi 

Sport

image

Joriy yilning 14 avgust kuni AQSHda bo‘lib o‘tayotgan tennis bo‘yicha “Cincinnati Masters” musobaqasida Ukraina bayrog‘ini ustiga o‘rab olgan muxlis bilan muammo yuzaga kelgan. Bu haqda "Insider" nashri yozmoqda.

Gap shundaki, tomoshabin ikki rossiyalik ishtirok etgan uchrashuvda o‘yinchilarning biri shikoyat qilganidan so‘ng, tribunadan chetlatildi. 

Asli o‘zbekistonlik Amerikada istiqomat qiluvchi ayol mahalliy telekanallardan biriga bergan intervyusida Anna Kalinskaya va Anastasiya Potapova o‘rtasidagi saralash o‘yinini tomosha qilayotganida hakam undan Ukraina bayrog‘ini olib tashlashni so‘raganini aytdi. U bu talabni bajarishdan bosh tortgach, o‘yin to‘xtatilgan va ishqibozdan ketishini so‘rashgan, aks holda politsiya chaqirilishi mumkinligidan ogohlantirishgan.

“Menda Ukraina bayrog‘i bor edi. Hech qanday aqldan ozgan harakatlar yoki o‘yinchilarni chalg‘itadigan biror ish qilmadim. Bayroqqa o‘ralgan holda, tinch va osoyishta o‘tirdim. Menga Ukraina bayrog‘i rossiyalik o‘yinchilarni asabiylashtirayotgani haqida xabar keldi. Men bayroqni qo‘yib yubormayman, dedim. Ular bir-ikki daqiqa o‘ynab turishdi, keyin yana o‘yin to‘xtatildi. Qo‘riqchi yonimga kelib, agar ketmasam, politsiya chaqirishini aytib, do‘q-po‘pisa qildi. Shunda men unga bu yer Rossiya emas, Amerika Qo‘shma Shtatlari ekanligini aytdim”, degan muxlis.

Musobaqa matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, muxlis belgilangan 18x18 hajmidan kattaroq bayroq olib kirgan. Bu esa turnir reglamentiga muvofiq taqiqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

tennis

Baholaganlar

909

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing