AQSHda alsgeymer kasalligini davolovchi dori tasdiqlandi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarida alsgeymer kasalligini erta bosqichda davolovchi dori tasdiqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, preparat nafaqat kasallik belgilari bilan kurashadi, balki uning rivojlanishini sekinlashtiradi. Idoraning qo‘shimcha tadqiqotlari erta bosqichda kasallikdan aziyat chekadigan odamlar uchun uning xavfsizligi va samaradorligini tasdiqlagan.

Shu bilan birga, dori alsgeymer kasalligini to‘liq davolashga qodir emasligi ta’kidlangan. Preparat Yaponiya va Amerika kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu dori bilan davolanish yiliga 26 500 dollarga baholanishi mumkin.

“Bu asta-sekin xotirani yo‘q qiladi va aqliy qobiliyatlarning degradatsiyasiga olib keladi. Keyin bemorlar eng oddiy vazifalarni bajarish qobiliyatini yo‘qotadi”, deyiladi idora press-relizida. 

Hozirda Qo‘shma Shtatlarda 6,5 milliondan ortiq odam ushbu kasallikdan aziyat chekmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh al'tsgeymer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing