AQSHda afg‘onistonlik erkak qochqinlar ayol askarga hujum qildi  

Olam

image

Joriy yilning 19 sentyabr kuni AQSHning Nyu-Meksiko shtatida vaqtincha saqlanayotgan afg‘onistonlik qochqinlarning bir guruh erkaklari amerikalik ayol harbiy xizmatchiga hujum qilgan. Har holda ayol harbiy xizmatchining o‘zi shunday iddao qilmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi

“Biz tasdiqlashimiz mumkinki, ayol askar 19 sentyabr kuni Nyu-Meksikodagi Donya Ana harbiy majmuasida evakuatsiya qilingan bir guruh erkaklar tomonidan hujumga uchraganini xabar qildi”, deydi harbiy ob’ekt rasmiylari.

Tergov tafsilotlari oshkor etilmayotgan hodisa bilan Federal qidiruv byurosi (FQB) shug‘ullanmoqda. Qo‘mondonlik jabrlanuvchiga zudlik bilan zarur yordam ko‘rsatilgani va bazada xavfsizlik choralari kuchaytirilganini qayd etgan.

Ma’lumot o‘rnida, Qo‘shma Shtatlar Afg‘onistonni tark etgach, 20 yillik harbiy operatsiya davomida Amerika kuchlari bilan hamkorlik qilgan yoki xavf ostida qolayotgan o‘n minglab mahalliy aholini qabul qilishga rozi bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni vaqtda AQSHda 37 ming atrofida afg‘onistonlik qochqin saqlanmoqda. Oq uy Kongressdan kelasi yilning sentyabriga qadar yana 95 ming kishini qabul qilish uchun pul so‘ragan. Hozirda Qo‘shma Shtatlarga joylashtirilishi kerak bo‘lgan ko‘plab afg‘onlar chet eldagi Amerika harbiy bazalarida bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 avgust kuni mamlakatda hokimiyatni egallagan toliblar, 19 avgust kuni Afg‘oniston Islom Amirligini tuzdi. Joriy yilning 6 sentyabr kuni “Tolibon”ga bo‘ysunmay turgan yagona viloyat – Panjsher egallangach, 7 sentyabr kuni harakat rahbarlari muvaqqatni shakllantirdi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

214

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing