AQSHda 8 oy oldin otib o‘ldirilgan o‘zbekistonlik erkakning jasadi topildi

Olam

image

AQSHda 8 oy oldin otib o‘ldirilgan o‘zbekistonlik fuqaroning jasadi topildi. Bu haqda “New York Daily News” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Nyu-Yorkning Bruklin shahrida yashovchi 43 yoshli o‘zbekistonlik Shehroz Tohirov 2022 yil 26 iyun kuni uyidan chiqib ketgan va qaytib kelmagan. Shundan so‘ng, uning oila a’zolari politsiyaga murojaat qilgan. 

Qarindoshlarining aytishicha, uning ruhiy holati joyida bo‘lgan. Dastlabki qidiruv natijalariga ko‘ra, Tohirovning mobil telefoni SIM-kartasi Bruklindagi “Best Buy” savdo markazi yonidan topilgan.

Joriy yilning 21 fevral kuni Ellenvill shahridagi Ulster Heights yo‘lidagi uy orqasida ikkita yukxalta ichida uning jasadi deb taxmin qilingan odamning o‘lik tanasi topilgan.

Federal prokurorlarning ma’lum qilishicha, u otib o‘ldirilgan.

Uning o‘limida gumonlanib qo‘lga olingan gruziyalik Shlomo Patchiyev va uning mamlakatdan qochib ketgan, ismi oshkor qilinmagan sherigi Shehroz Tohirov yo‘qolishidan oldin u bilan uchrashgan. Ular Tohirovdan 500 ming dollar talab qilgan. Tohirovning qizi dadasining o‘limi yuzasidan intervyu berishdan bosh tortgan.

Prokuratura tomonidan taqdim etilgan ko‘plab dalillar Patchiyev jinoyatni yashirgan va qotillikka aloqador odamligini tasdiqlagan bo‘lsada, u tovlamachilikda ayblanib, 350 ming dollar garov evaziga ozodlikka chiqarilgan.

“Shehroz yaxshi inson edi, mahallada faol birodar edi”, deydi Tohirov ishlagan joy yaqinidagi “Imom Abu Hanifa” masjidida ishlagan do‘sti.

Ma’lum bo‘lishicha, Tohirov Nyu-Yorkka kelishidan oldin uning Ogayodagi mehmonxonalarga xizmat ko‘rsatadigan tozalash korxonalari bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik o'zbekistonlik N'yu-York

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing