AQSHda 48 yil qamoqda o‘tirgan erkak oqlandi
Bu qiziq
−
21 dekabr 2023
8460Oklaxoma shtati sudi qotillikda ayblangan 71 yoshli Glinn Simmonsni 48 yil qamoqda o‘tirganidan keyin aybsiz deb topdi. Bu haqda kecha, 20 dekabr kuni “Associated Press” agentligi ma’lum qildi.
Ushbu muddat oxir-oqibat Qo‘shma Shtatlardagi eng uzun asossiz qamoq jazosi deb topildi.
Simmons 1974 yilda Edmont spirtli ichimliklar do‘konini o‘g‘irlash paytida Karolin Syu Rojersni o‘ldirishda ayblangan. O‘shanda Simmons 22 yoshda bo‘lgan. Biroq Simmons o‘zining aybsizligini ta’kidlab, u 1974 yilda Edmond spirtli ichimliklar do‘konida Kerolin Syu Rojers o‘ldirilgan paytda Luizianada bo‘lganini aytgan. Ayblovlar asossiz ekanligini doim aytib kelishiga qaramay 48 yildan ko‘proq umrini qilmagan ishi ortidan panjara ortida o‘tkazgan keksa Simmonsni Oklaxoma sudi sudyasi Emi Palumbo ishda mahbusning aybsizligini tasdiqlovchi rad etib bo‘lmaydigan dalillar mavjudligini hisobga olgan holda uni aybsiz deb topdi.
Ma’lum qilinishicha, afro-amerikalik 1975 yilda o‘lim jazosiga hukm qilingan, 1977 yilda qaror esa umrbod qamoq jazosiga almashtirilgan.
Mutaxassislarning qayd etishicha, bu sud xatosi bilan tayinlangan eng uzun qamoq muddatidir. Shunday qilib, Simmons 48 yil 1 oy 18 kunni qamoqda o‘tkazdi.
Shunday qilib, Oklaxoma shtati sudyasi Emi Palumbo 2023 yilning yozida Simmons uchun yangi sud jarayonini o‘tkazishni buyurdi. Ish tuman prokurori Viki Bennning prokurorlar muhim dalillarni, jumladan, ishda boshqa gumonlanuvchilarni ishtiroki haqida guvohlarning so‘zlarini o‘z ichiga olgan politsiya hisobotini yashirganligi haqidagi da’vosidan kelib chiqqandi.
“Ushbu sud aniq va ishonchli dalillar bilan janob Simmons ayblangan, hukm qilingan va qamoqqa olingan jinoyat janob Simmons tomonidan sodir etilmaganligini aniqladi”, degan Emi Palumbo sud jarayonidagi nutqida.
Ma’lumot uchun, AQSH qonunlari bo‘yicha noqonuniy sudlanganlar davlat organlaridan 175 ming dollar miqdorida ma’naviy zararni qoplashni talab qilish huquqiga ega. Simmonsning advokati Jo Norvudning ta’kidlashicha, kompensatsiya bir necha yil o‘tgach belgilanishi mumkin.
Erkakning o‘zi esa matonat va jasorat saboqlaridan o‘tganini aytadi.
“Bu chidamlilik va qat’iyatlilik sabog‘idir”, dedi Simmons qarordan keyin o‘tkazilgan qisqa matbuot anjumanida.
Ayni paytda Amerika rasmiylarining o‘zboshimchalik qurboni bo‘lgan Glinn Simmons saraton kasalligidan davolanib, tovon to‘lashga yillar kerak bo‘lgani uchun, xayriya jamg‘armalari bergan nafaqaga kun kechirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyida AQSHda 28 yil qamoqda o‘tirgan Xerardo Kabanillas ham aybsiz deb topilgan edi.
LiveBarchasi