AQSHda 24 soat ichida koronavirusga qarshi emlash boshlanadi – Tramp

Olam

image

AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp Oziq-ovqat va dori-darmonlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi (FDA) BioNTech va Pfizer kompaniyalari ishlab chiqargan koronavirusga qarshi vaksinani tasdiqlaginini ma’lum qildi.

Prezident 24 soat ichida AQSHda koronavirusga qarshi vaksinalash boshlanishiga ishontirmoqda.

“Bugun bizning mamlakatimiz tibbiy mo‘jizaga yetishdi. Biz xavfsiz va samarali vaksinani atigi to‘qqiz oyda ishlab chiqdik. Bu tarixdagi eng katta ilmiy yutuqlardan biri”, degan Tramp videomurojaatida.

Uning fikricha, Qo‘shma Shtatlar dunyoda birinchi bo‘lib xavfsiz va samarali vaksinani ixtiro qilgan.

“FedEx va UPS bilan hamkorlikda biz vaksinani barcha shtatlar bo‘yicha tarqatishni boshladik. Birinchi vaksinalash 24 soatdan kam vaqtda amalga oshiriladi”, degan Oq uy xo‘jayini.

Tramp koronavirusga qarshi emlash barcha amerikaliklar uchun bepul bo‘lishini qayd etgan.

Avvalroq, Buyuk Britaniya BioNTech va Pfizer kompaniyalari ishlab chiqqan vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

164

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing