AQSHda 230 mingdan ortiq davlat xizmatchisining shaxsiy ma’lumotlari internetga tarqaldi
Olam
−
13 may 2023
4799Amerika Qo‘shma Shtatlarida 237 ming amaldagi va sobiq federal hukumat xodimlarining shaxsiy ma’lumotlari internetga sizib chiqdi, holat mamlakat transport departamentida sodir bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa imtiyozlarni qayta ishlash va ishchilarga sayohat xarajatlarining bir qismini qoplash uchun mo‘ljallangan TRANServe tizimining xavfsizligi buzilishi tufayli yuz bergan.
Ma’lumotlar jinoiy maqsadlarda ishlatilganmi yoki yo‘qmi noma’lum. Voqea ortida kim turgani ham aytilmagan. Departament tekshiruv boshlagan, xavfsizlik tiklanmaguncha tizimga kirish muzlatilgan.
Shu bilan birga AQSH Transport departamentining ma’lum qilishicha, sizib chiqish transportning o‘zida hech qanday xavfsizlik tizimiga ta’sir qilmagan.
Tizimdagi xafvsizlik buzilishi tufayli 114 000 amaldagi va 123 000 sobiq xodimning shaxsiy ma’lumotlari internetga sizdirilgan. Tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, federal xodimlarning ommaviy transport xarajatlari uchun to‘lovning maksimal miqdori oyiga 280 dollarni tashkil qiladi.
Federal xodimlar va agentliklar xakerlar nishoniga aylanishi – bu birinchi marta emas. Ilgari ham AQSHda bu kabi holatlar kuzatilgan.
2014 va 2015 yillarda AQSH Xodimlarni boshqarish bo‘limida (OPM) ikkita shu kabi xavfsizlik tizimining buzilishi sodir bo‘lgan. Ulardan birida 22 milliondan ortiq odamga tegishli maxfiy axborot, shu jumladan, 4,2 million amaldagi va federal xodimlar hamda 5,6 millionining barmoq izlari bo‘yicha ma’lumotlarga buzib kirilgan. “Reuters” xabariga ko‘ra, 2021 yilda esa to‘qqizta federal agentlik buzilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 aprel kuni Pentagonning maxfiy hujjatlari oshkor etilgani ma’lum bo‘lgandi. Internetda e’lon qilingan hujjatlarda, jumladan, Ukraina Qurolli Kuchlari (APU) holati, AQSH va NATOning Ukraina armiyasini kuchaytirish rejalari hamda O‘zbekistonga tegishli ma’lumotlar bor edi.
LiveBarchasi