AQSHda 17 yil oldin yo‘qolgan samolyot va inson qoldiqlari topildi
Olam
−
31 avgust
907817 yil oldin AQSHning Michigan shtatidagi Guron ko‘liga qulagan kichik samolyot, shuningdek, uzoq vaqt bedarak yo‘qolgan deb hisoblangan yo‘lovchi qoldiqlari topildi. Bu haqda “Associated Press” nashri xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, qoldiqlar Vashingtonda yashovchi 56 yoshli Bruk Staufferga tegishli ekani aniqlangan. U 2007 yil avgust oyida Makinak orolidan Michiganning Quyi yarimorolidagi kichik shaharchaga ketayotgan samolyot yo‘lovchisi bo‘lgan. Samolyot g‘oyib bo‘lganida Stauffer va uchuvchi, uning kelini Karen Dodds Socata TB-20 Trinidad samolyotida bo‘lgan. Ayolning qoldiqlari halokatdan ikki oy o‘tgach, Makinak ko‘prigining sharqida topilgan, ammo samolyotning o‘zi va Staufferdan hech qanday nishon bo‘lmagan.
Qayd etilishicha, 2023 yil oktyabr oyida Great Lakes Search & Recovery xususiy kompaniyasi Staufferning oila a’zolari iltimosiga binoan qidiruv ishlarini yana davom ettirgan va shu yil avgustda Bois Blank oroli yaqinida samolyot qoldiqlarini topgan. Shtat politsiyasi g‘avvoslari keyinchalik skelet qoldiqlarini ham topishga muvaffaq bo‘lgan va Shimoliy Michigan universiteti sud antropologiya markazi Staufferning shaxsini stomatologik dalillar yordamida tasdiqlagan.
Ma’lumot uchun, Stauffer Milliy elektr pudratchilar uyushmasining standartlar va xavfsizlik bo‘yicha direktori bo‘lgan. Shuningdek, uning sermahsul yozuvchi va bir nechta texnik kitoblar, ko‘plab jurnal maqolalari, bolalar uchun romani va “Vashington uchun qo‘llanma” kitobi muallifi ekanligi aytildi. 52 yoshli Dodds esa Vashingtonda o‘zining “Dodds Design” grafik veb-dizayn va marketing kompaniyasiga ham ega bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukrainada F-16 qiruvchi samolyoti qulab tushgan edi.
LiveBarchasi