AQSHda 14 kishining hayotiga zomin bo‘lgan terakt ishtirokchilaridan biri 20 yilga qamaldi

Olam

image

San-Bernardino shahrida 14 kishini o‘ldirgan ekstremistlarni qurol bilan ta’minlagan Kaliforniya fuqarosi Enrike Markes juma kuni 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, hukm Markaziy Kaliforniya okrugi sudyasi Jesus Bernal tomonidan chiqarilgan. U ayblanuvchining himoyasi tomonidan uni besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani rad etgan. Bernal, shuningdek, terakt qurbonlaridan birining qarindoshlarining yanada qattiqroq jazo berish haqidagi iltimosini ham inobatga olmagan.

Ma’lumot o‘rnida, 2015 yilda amerikalik Said Faruk va uning rafiqasi Teshfin Malik nogironlarga yordam berish uchun markazga tashrif buyurganlarni o‘qqa tutgan edi. 2018 yilda Markes prokuratura bilan shartnoma tuzib, terrorchilar undan qurol sotib olganini tan olgan edi. Bundan tashqari, Markes, u va Faruk o‘zlari o‘qiyotgan Riversayd kollejida talabalarni o‘qqa tutish, shuningdek, Kaliforniya magistrallaridan birida portlashlar amalga oshirishni muhokama qilishganini ham bo‘yniga oldi. Ammo keyingi rejalar amalga oshmay qolgan.     

2015 yil 2 dekabrda Said Faruk va Tashfin Malik San-Bernardino shahridagi nogironlar markaziga bostirib kirib, avtomat quroldan o‘q uzishdi. Natijada 14 kishi halok bo‘ldi, 22 kishi jarohat oldi, hibsga olish paytida hujumchilar yo‘q qilindi. Hujumchilar keyinchalik ISHID terrorchilik tashkiloti a’zolari ekanligi ma’lum bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh terakt

Baholaganlar

67

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing