AQSHda 10 yil nohaq qamoqda o‘tirgan shaxsga 50 mln dollar to‘lab berildi

Olam

image

AQSHda odam o‘ldirishda nohaq ayblanib, 10 yil qamoqda o‘tirgan mahkumga hukumat 50 million dollar to‘lanishini ma’lum qildi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.

Qayd etilishicha, hozirda 34 yoshda bo‘lgan Marsel Braun 2008 yilda 18 yosh paytida 19 yoshli yigitning o‘ldirilishiga sherik bo‘lganlikda ayblanib, hibsga olingan va 35 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. Joriy yilning 9 sentyabr kuni qotillikda nohaq ayblangan Marsel Braun deyarli 10 yildan keyin oqlanib,  ozodlikka chiqdi.

Ish materiallarida aytilishicha, Braun hibsga olinganida unga advokat yoki uning oilasi bilan gaplashishga, telefondan foydalanishga ruxsat berilmagan. Bundan tashqari, kun bo‘yi och qoldirilgan. Shuningdek, Braun so‘roq orqali yolg‘on bayonotlar berishga majburlangan.

Chikagoda bo‘lib o‘tgan ikki haftalik sud jarayonidan so‘ng, hakamlar hay’ati bir ovozdan Braunning himoya guruhi va politsiya uning bo‘yniga qotillikni ilgan va yolg‘on bayonotlar berishga majburlaganini tasdiqladi.

Shu sababli hakamlar hay’ati Braunga hibsga olinishi va sudlanganligi o‘rtasidagi vaqt uchun 10 million dollar, qamoqda va undan keyingi vaqt uchun 40 million dollar tovon puli sifatida to‘lanishini belgiladi.

“Bugun men va oilam uchun nihoyat adolat qaror topdi”, deydi Braun.


Maqola muallifi

Teglar

nohaq 50 mln

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar