AQSHda 10 kishini otib o‘ldirgan shaxsning kimligi ma’lum bo‘ldi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, AQSHning Kolorado shtati Boulder shahrida noma’lum shaxs oziq-ovqat do‘koni yonidagi avtoturargohda o‘t ochib, 10 kishini otib tashlagani haqida xabar bergan edik.  

Ma’lum bo‘lishicha, qotil 21 yoshli Ahmad Ali Alivi Alissa bo‘lib, hozirda Boulder shahri sudi unga nisbatan ayblov e’lon qilgan.  

Jinoyatchi do‘kondagi to‘qqiz nafar xaridorni, shuningdek, voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilardan birini o‘ldirgan. Qotilning qurbonlari orasida 20 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan odamlar bor. 

Hibsga olish paytida Alissa oyog‘idan yaralangan, u tergov izolyatoriga yetkazilgan. 

"Tajovuzkorni qilmishlari uchun qonunning to‘liq hajmida javobgarlikka tortamiz", degan Kolorado gubernatori Jared Polis matbuot anjumanida. 

Qotil haqida faqatgina uning qo‘shni Arvada shahrida yashagani ma’lum. 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Alissaning sheriklari yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh otishma

Baholaganlar

528

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing