AQSHda hukumatning Isroilni qo‘llayotganiga qarshi namoyishlar boshlandi

Olam

image

Dunyo e’tibori 7 oktyabrda boshlangan Isroil–HAMAS urushiga qaratildi. 29 kundan beri davom etayotgan urushda Isroil maktab, masjid, cherkov va shifoxonalarni ajratmay, tinch aholi ustiga bomba yog‘dirmoqda. G‘arb "qotil Isroil"ning G‘azoda tinch aholini qirg‘in qilishini qo‘llab-quvvatlar ekan , begunohlar tarafida bo‘lgan odamlar taqiqlarga qaramay ko‘chalarga chiqdi, deb yozmoqda "ahaber" nashri.

AQSHning Nyu-York shahrida Isroilning genotsidiga qarshi Falastinni qo‘llab-quvvatlayotgan namoyishchilar shahar markazida to‘planib, Falastin bayroqlari va murojaatlar yozilgan bannerlarni ko‘tarib, urushni to‘xtatishni talab qilyapti. Namoyishda yahudiy guruhlari ham ishtirok etmoqda.

G‘azoda Isroil tomonidan o‘ldirilgan bolalarga e’tibor qaratish uchun Nyu-Yorkda to‘plangan namoyishchilar "Isroil bombardimon qilmoqda, AQSH to‘layapti. Ayting-chi, bugun qancha murg‘ak bolani o‘ldirdingiz?" shiorlari bilan qichqirmoqda.

AQSHning Kaliforniya shtatidagi Oklend portiga kirib kelgan o‘nlab odamlar, Isroilga qurol-yarog‘ yetkazib berayotgan harbiy kema oldida norozilik namoyishini o‘tkazdi.

"Oklend portiga kirish yo‘llari allaqachon to‘sib qo‘yilgan. Namoyishchilarning AQSH tomonidan Isroilning harbiy qo‘llab-quvvatlanishiga qarshi noroziliklari avj olmoqda", deyiladi Nyu-Yorkda joylashgan ABC7 telekanalining xabarida. 

Namoyishda qatnashgan Xalqaro port va omborlar assotsiatsiyasi a’zosi Klarens Tomas ular to‘layotgan soliqlar "ayollar va bolalarga qarata o‘q uzayotgan qurollarga sarflanayotgani"dan afsuslanishini aytib, "dollarlarni AQSH fuqarolari manfaati uchun yanada foydali narsalarga sarflash mumkin"ligini bildirgan.

AQSH poytaxti Vashingtonda ham Isroilning G‘azoga hujumlarini to‘xtatish va AQSHdan Isroilga yordam berishni bas qilish talabi bilan norozilik namoyishlari o‘tkaziladi.

"Vashingtonga Milliy yurish: Erkin Falastin" nomi ostida uyushtiriladigan namoyishga 30 ming kishi qatnashishi kutilmoqda.

Nohukumat tashkilotlar, jumladan tinchlik tarafdori bo‘lgan yahudiy guruhlari tomonidan uyushtirilayotgan namoyishlar Freedom Plaza maydonida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Bu yerdagi nutqlardan so‘ng namoyishchilar Oq uy atrofini aylanib, Isroil hujumlariga qarshi “o‘t ochishni to‘xtatish”ga chaqiradilar hamda Jo Bayden ma’muriyatidan AQSHning Isroilga yordamini to‘xtatishni so‘rashadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Isroil namoyishlar G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made