AQSHda hayvon o‘rgatuvchisi yo‘lbars hujumi oqibatida halok bo‘ldi

Olam

image

Joriy yilning 20 sentyabr kuni AQSHning janubiy qismidagi Oklaxoma shtatida joylashgan yovvoyi tabiat qo‘riqxonasida ishlagan hayvon o‘rgatuvchisi Rayan Esli qaramog‘idagi yo‘lbarslardan birining hujumi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda “Growler Pines Tiger” qo‘riqxonasi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, murabbiy yo‘lbars bilan mashq paytida uning hujumiga uchragan va yordamchilar yetib kelgunicha jon taslim qilgan.

“Rayan o‘z hayotini yo‘lbarslarni himoya qilish va ularga g‘amxo‘rlik qilishga bag‘ishlagan. U bu sohaga ishtiyoqi juda baland murabbiy va yovvoyi tabiat himoyachisi edi. Uning jasorati, rahm-shafqati va yovvoyi tabiatga sodiqligi hech qachon unutilmaydi. Rayanning oilasiga hamdardligimizni bildiramiz”, deyiladi qo‘riqxona bayonotida.

Hayvonlar huquqlarini himoya qiluvchi faollar fojia yuzasidan munosabat bildirib, shou va tomoshalarda yovvoyi hayvonlardan foydalanishni to‘xtatishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afrikaning G‘arbiy sohilida joylashgan Kot-dʼIvuar respublikasida begemot 14 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan qayiqni ag‘darib yuborishi oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgandi.

Bunyod Keldiboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Oklaxoma Growler Pines Tiger

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing