AQSHda har bir fuqaroga 600 dollardan yordam puli tarqatiladi

Olam

image

AQSHda pandemiya davrida iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun umumiy miqdori 900 milliard dollarlik yordam paketi tasdiqlandi. Ushbu mablag‘ AQSH aholisiga pandemiya davrilagi inqirozni yumshatish uchun taqdim etiladi. Bu haqda “The Hill” xabar bermoqda.

Demokratlar partiyasi yordam uchun har bir kishiga 1200 dollar ajratilishini ta’minlashga harakat qilmoqda. Respublikachilar ushbu qo‘llab-quvvatlash chorasini 600 AQSH dollarigacha kamaytirishni maqul ko‘rmoqda. Pandemiya davrida iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun qonun loyihasida taklif qilingan mablag‘ning umumiy miqdori 900 milliard dollardan oshadi.

Yangi tasdiqlangan yordam to‘plami doirasida fuqarolarga 600 dollardan tarqatiladi. Shuningdek, ishsizlar uchun haftasiga 300 dollardan berilishi belgilangan. Yana 300 milliard dollar biznesni qo‘llab-quvvatlash, vaksinani joylarga yetkazib berish xarajatlari, maktablar, tibbiyot markazlari uchun ajratiladi.

Kongress kelasi yil uchun mamlakat byudjeti bo‘yicha o‘zaro kelisha olmayapti. Demokratlar va Respublikachilar partiyalari koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash paytida iqtisodiyot va aholini qo‘llab-quvvatlash masalasida bahslashmoqdalar.

Bu pandemiya boshlangandan buyon AQSH fuqarolariga yo‘naltirayotgan ikkinchi yordam dasturidir. Mart oyida ijtimoiy ko‘mak uchun 2,3 trillion dollar ajratilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh pandemiya

Baholaganlar

46

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing