AQSH harbiy vertolyoti qulashi oqibatida besh askar halok bo‘ldi

Olam

image

O‘rtayer dengizida AQSH harbiy vertolyoti qulab tushdi. Oqibatda besh nafar askar halok bo‘ldi. Bu haqda Pentagon rahbari Lloyd Ostin ma’lum qildi. 

Aniqlanishicha, voqea joriy yilning 10 noyabr kuni kechqurun o‘quv parvozi vaqtida sodir bo‘lgan.

Hodisa sabablari o‘rganilmoqda. 

“Ammo, aniq aytish mumkinki, vertolyotning parvozi faqat mashg‘ulotlar bilan bog‘liq bo‘lgan va hech qanday dushmanlik harakati belgilari yo‘q”, deyiladi AQSH qo‘mondonligi bayonotida.

Ma’lumki, Isroil va HAMAS o‘rtasida mojaro boshlanganidan beri Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharq mintaqasida harbiy ishtirokini oshirdi.

Xususan, u yerga USS Jerald Ford aviatashuvchisi yuborilgan.

“Biz O‘rtayer dengizida besh nafar amerikalik harbiy xizmatchining fojiali halok bo‘lganidan qayg‘uramiz”, deydi Ostin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida ikki o‘rindiqli samolyot mashg‘ulot parvozi vaqtida halokatga uchragandi.


Maqola muallifi

Teglar

harbiy vertolyot O'rtaer dengizi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing