AQSH Janubiy Koreyaga bombardimonchi samolyotini yubordi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari bugun, 15 noyabr kuni qo‘shma aviatsiya mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun yadroviy qurol olib yurishga qodir B-52 strategik bombardimonchi samolyotini Koreya Respublikasiga jo‘natdi. Bu haqda Amerika va Janubiy Koreya harbiy doiralaridagi manbalarga tayanib, “Yonhap” agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, manyovrlar davomida bombardimonchi samolyotga Koreya Respublikasi qiruvchi samolyotlari hamrohlik qiladi. B-52 Koreya yarimoroli havo hududi ustidan uchadi.

Ta’kidlash joizki, 17 oktyabr kuni ushbu bombardimonchi samolyot birinchi marta Janubiy Koreya hududiga qo‘ngan. U ikki tomonlama o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashgan va ochilish marosimida Xalqaro aerokosmik va mudofaa ko‘rgazmasi o‘tkaziladigan maydon ustidan uchib o‘tgan. 

Ma’lumot uchun, kecha, 14 noyabr kuni Koreya Respublikasi va BMT qo‘mondonligiga a’zo davlatlar vazirlari va vakillarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Janubiy Koreya va AQSH Mudofaa vazirlari Shin Von-Sik va Lloyd Ostin ishtirok etdi. 13 noyabr kuni esa Seulda ular ishtirokida xavfsizlik masalalari bo‘yicha yillik ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Janubiy Koreya bombardimonchi samolyot B-52

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing