AQSH Janubi-Sharqiy Osiyodagi mavjud xavfsizlik arxitekturasini buzishga urinmoqda – Shoygu

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlari Janubi-Sharqiy Osiyodagi mavjud xavfsizlik arxitekturasini o‘zining global gegemonligini ta’minlash uchun bo‘lishga harakat qilmoqda. Bu haqda Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bugun, 24 avgust kuni Toshkentda o‘tgan Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar Mudofaa vazirlari yig‘ilishida gapirdi. 

“Tashkilotimizning janubiy qanoti – Janubi-Sharqiy Osiyoga kelsak, bu yerda ham murakkab davlatlararo qarama-qarshiliklar majmuasi mavjud, voqealar rivojini oldindan aytish qiyin bo‘lgan ssenariy bilan keskinlik o‘choqlari shakllanmoqda. Global gegemonlikni ta’minlash uchun Vashington mintaqaviy xavfsizlik arxitekturasini bo‘lishga harakat qilmoqda”, deydi Shoygu. 

Shu maqsadda QUAD (Avstraliya, Hindiston, AQSH va Yaponiya o‘rtasida Hind-Tinch okeani mintaqasidagi xavfsizlik masalalari bo‘yicha strategik muloqot – tahr.) va AUKUS (Avstraliya, Buyuk Britaniya va AQSH tomonidan tuzilgan uch tomonlama mudofaa ittifoqi – tahr) kabi harbiy-siyosiy bloklar yaratilayotganini ta’kidladi. 

“Mintaqa davlatlari NATO bilan hamkorlikka kirishmoqda. Yevropaga o‘xshab, Xitoyni jilovlash uchun front tuzilmoqda. Tayvan muammosi ataylab keskinlashmoqda, Janubiy Xitoy va Sharqiy Xitoy dengizlarida hududiy nizolar avj olmoqda”, deydi Shoygu.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mintaqada xavfsizlikni faqat ASEAN (Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari uyushmasi – tahr.) va boshqa ko‘p tomonlama hamkorlik mexanizmlari markaziy roliga ega bo‘lgan barcha davlatlar manfaatlarini hisobga olgan holda birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan ta’minlash mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Sergey Shoygu

Baholaganlar

212

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing