AQSH yordamisiz Ukraina mag‘lub bo‘ladi – Zelenskiy
Olam
−
09:59
3048Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH tomonidan harbiy yordam to‘xtatilgan taqdirda Ukraina Rossiya bilan urushda mag‘lubiyatga uchrashini ma’lum qildi. Bu haqda u kecha, 19 noyabr kuni “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.
“Agar AQSH yordamni qisqartirsa, o‘ylaymanki, biz yutqazamiz. Albatta, biz baribir jang qilishda davom etamiz, o‘z ishlab chiqarishimiz bor, lekin bu g‘alaba qozonish va omon qolish uchun yetarli emas”, dedi u.
Shu bilan birga, Zelenskiy AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp ma’muriyati harbiy yordamni qisqartirishga qaror qilsa, bu “amerikaliklarning tanlovi” bo‘lishini, Kiyev esa bunga qanday javob berish kerakligini hal qilishini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, amaldagi AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Kiyevni faol ravishda qo‘llab-quvvatlab kelmoqda va ulkan miqdordagi moliyaviy va harbiy resurslarni ajratdi. Bu yordamga qurol-yarog‘ yetkazib berish, ukrainalik harbiylarni o‘qitish hamda 59 milliard dollardan oshiq umumiy summadagi gumanitar yordam kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Zelenskiy Ukraina mustahkamligini oshirish bo‘yicha o‘n banddan iborat “qat’iyat rejasi”ni taqdim etgan edi.