“AQSH yoki Xitoy”. Tramp 70 dan ortiq davlatga tanlash imkoniyatini berdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Oq uy tomonidan kiritilgan import bojlarini bekor qilish evaziga 70 dan ortiq davlatni Xitoy bilan hamkorlikni cheklashga ko‘ndirmoqchi. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, davlatlar vakillari bilan muzokaralarda AQSH ma’muriyati mamlakatlardan Xitoyga o‘z hududlari orqali tovarlar yetkazib berishni taqiqlashni, Xitoy firmalarini joylashtirishga yo‘l qo‘ymaslikni, shuningdek, Xitoyning arzon sanoat mahsulotlarini sotib olmaslikni so‘rashni rejalashtirmoqda. Nashr suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, aniq talablar turli mamlakatlar uchun ularning Xitoy iqtisodiyotiga jalb etilishiga qarab farq qiladi.

Nashrning yozishicha, AQSH rasmiylari ba’zi davlatlar bilan dastlabki muzokaralarda bu mavzuni allaqachon ko‘targan. Donald Trampning o‘zi “Fox News ” telekanaliga Panama kanali bo‘yicha bergan intervyusida ushbu strategiyaga ishora qilgan. O‘shanda u mamlakatlarni “AQSH va Xitoydan birini tanlashga” majbur qila olishini aytgandi.

Qayd etilishicha, ushbu strategiyaning mualliflaridan biri AQSH Moliya vaziri Skott Bessantdir. Shunday qilib, u Xitoy iqtisodiyotini zaiflashtirish, o‘z biznesini izolyatsiya qilish va davlatlar bilan savdo qarama-qarshiliklarida yon berishga majbur qilishni kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy rahbariyati o‘z amaldorlariga boshqa mamlakatlarni AQSH Prezidenti Donald Trampning bojlariga qarshi chiqishga undash uchun diplomatik kampaniya o‘tkazishni buyurgani haqida xabar berilgandi. Ushbu buyruqdan so‘ng, Xitoy diplomatlari AQSH bojlari ta’sir ko‘rsatgan bir qancha davlatlarga hamkorlik qilish iltimosi bilan xatlar yuborgan, shuningdek, “AQSHning Yevropadagi, Yaponiya va Janubiy Koreyadagi eski ittifoqchilari” bilan aloqalar o‘rnatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Xitoy boj

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing