AQSH yangi urushlarni rejalashtiryapti – Patrushev
Olam
−
10 yanvar 2023
13003Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevning fikricha, AQSHning 2023 yilgi byudjetidagi mudofaa xarajatlari hajmi Vashingtonning yangi urushlarni boshlash rejalaridan darak beradi. Bu haqda u “Aif.ru” saytiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“2023 yilgi Amerika byudjeti loyihasi Vashingtonning o‘z fuqarolari farovonligiga zarar yetkazadigan yangi urushlarni boshlash rejalarining eng yaxshi dalilidir. Rejalashtirilgan 1,7 trillion dollarlik federal hukumat xarajatlarining yarmi mudofaa uchun mo‘ljallangan – 850 milliard dollardan ortig‘i”, deydi u.
Patrushevning ta’kidlashicha, 45 milliard dollar faqat Ukrainadagi jangovar harakatlarni davom ettirish va mojaroning cho‘zilishi uchun ajratish rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, u harbiy xarajatlarning oshishi qarz yukining ortishi fonida amalga oshirilayotganiga e’tibor qaratgan.
“AQSHning o‘zi va uning tarafdorlari qaytarib bo‘lmaydigan darajada qarzga botib ketmoqda. Amerika davlat qarzi 31 trillion dollardan oshdi. Angliyaning qarzi – 2,4 trillion funt sterling – Ikkinchi jahon urushidan beri eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib, yalpi ichki mahsulotning 101 foizidan oshdi. Qarzning yalpi ichki mahsulotga nisbati bo‘yicha jahon rekordini – 2,6 baravardan ortiq – salkam 10 trillion dollarlik davlat qarzi bilan Yaponiya o‘rnatdi”, deydi Patrushev.
U o‘zini dunyoning xo‘jayini deb bilgan davlatlar bu qarzlarni qaytarmoqchi emasligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Patrushev ushbu intervyuda Rossiya Ukraina bilan urushmayotgani, hozirgi to‘qnashuv G‘arbning ukrainaliklar qo‘li orqali Rossiyaga qarshilik ko‘rsatishga urinishi ekanini aytgandi.
LiveBarchasi