AQSH yana Yamanga zarba berdi

Olam

image
Qizil dengizda Gretsiya kemasi raketa hujumiga uchradi north_east

Qizil dengizda Gretsiya kemasi raketa hujumiga uchradi

Kecha, 16 yanvar kuni AQSH kuchlari Yamandagi husiylar tomonidan nazorat qilinadigan hududlarga zarba berdi. Bu haqda AQSH Markaziy Qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lum qildi.

“Husiylarning xalqaro yuk tashishga qarshi hujumlari davom etar ekan, AQSH Yamanga zarba berishda davom etadi”, deyiladi CENTCOM bayonotida.

Shuningdek, AQSH kuchlari mahalliy vaqt bilan soat 4:15 da Yamanning husiylar nazorati ostidagi hududlaridan uchirishga tayyorlangan to‘rtta kemaga qarshi ballistik raketalarini yo‘q qilganini bildirgan. 

CENTCOM 16 yanvar kuni taxminan soat 13:45 larda Yamandan Janubiy Qizil dengizdagi xalqaro yuk tashish yo‘laklarida Malta bayrog‘i ostida suzayotgan Gretsiyaning Zografia yuk tashuvchisi  kemasi qarshi ballistik raketa uchirilganini eslatgan. 

Qayd etish joizki, bu AQSHning Yamanga birinchi hujumi emas. 12 yanvar kuni AQSH va Buyuk Britaniya Yamandagi 60 ta ob’ektga, jumladan radarlar, havo mudofaa tizimlari, omborlar, dron va raketalarni uchirish joylariga raketa otgandi. Ertasi kuni ham Amerika qo‘shinlari Yamandagi husiylarning radiolokatsion stansiyasiga hujum qildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qo‘shma Shtatlar husiylarga olib ketilayotgan Eronning ilg‘or qurollarini qo‘lga kiritganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Yaman husiylar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing