AQSH Yaqin Sharqdagi ishtirokini kuchaytirishi mumkin – Pentagon
Olam
−
20 noyabr 2021
4101AQSH Yaqin Sharqda muhim harbiy ishtirokini saqlab qoladi va zarurat tug‘ilsa, uni oshiradi. Bu haqda Pentagon rahbari Lloyd Ostin ma’lum qildi.
“Bizda (mintaqada) juda real kuch bor. Biz uni qo‘llab-quvvatlay olamiz va shunday qilamiz ham. Agar kerak bo‘lsa, qo‘shimcha kuchlarni o‘tkazamiz va buni tezroq amalga oshiramiz", - degan u Bahrayndagi “Manama dialogi” anjumanida.
Ostinning qo‘shimcha qilishicha, AQSH diplomatiyaga ustuvor ahamiyat qaratadi va harbiy kuchni qo‘llab-quvvatlash vositasi sifatida ko‘radi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Yaqin Sharqda “ko‘p tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishni talab qilmoqda”, bu mintaqa duch kelayotgan tahdidlarni aks ettirishi mumkin.
Ular orasida Ostin koronavirus pandemiyasi, iqlim inqirozi, yadroviy qurollarning tarqalishi muammolari, ekstremistik guruhlar faoliyati, shuningdek “Eronning terrorchi tuzilmalarni qo‘llab-quvvatlashi”ni sanab o‘tgan.
Uning ta’kidlashicha, Eron dronlarining zarbalari AQSHning jangarilarga qarshi kurashiga to‘sqinlik qilmoqda.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15