AQSH yadroviy sirlarini “xorijlikka” sotgan muhandis va rafiqasi qamaldi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Meriland shtatida yashovchi juftlik yadroviy suv osti kemalari haqidagi sirni xorijiy davlatga sotishga uringani uchun ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda BBC nashri ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Amerika qonuniga ko‘ra, AQSH harbiy-dengiz kuchlari muhandisi tahmiman 12-17 yil, uning rafiqasi esa 3 yil qamoq jazosiga hukm qilingan.

Dengiz zobiti, yadro muhandisi Jonatan Tyobbe 2021 yil 9 oktyabrda hibsga olingan. Mutaxassis dengiz yadroviy harakatlanish dasturining a’zosi bo‘lgan va dengiz atom elektr stansiyalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va ulardan foydalanish imkoniyatiga ega edi.

Jonatan Tyobbe va uning rafiqasi Dianna Tyobbe o‘tgan yilning oktyabr oyida Federal Qidiruv Byurosi (FTB) tomonidan hibsga olingan va atom energiyasi to‘g‘risidagi qonunni buzganlikda ayblangan. 

Adliya vazirligiga ko‘ra, u maxfiy ma’lumotlarni chet el hukumatiga sotishga uringan va chet ellik amaldor deb hisoblagan kishiga xabarlar yuborgan. Aslida, bu shaxs Amerikaning Federal Qidiruv Byurosining maxfiy agenti edi.

“Sudlanuvchiga maxfiy ma’lumotlar ishonib topshirilgan. Lekin buni sir saqlash o‘rniga, u o‘ziga berilgan ishonchga xiyonat qilib, shaxsiy manfaatlar yo‘lida bu ma’lumotlarni boshqa davlatga sotish uchun til biriktirgan”, deydi Bosh prokuror yordamchisi Metyu G. Olsen.

Hibsga olinishidan oldin, Tyobbe ikki farzandi bilan Merilend shtatining Annapolis shahrida AQSH dengiz akademiyasi yaqinidagi uyida yashagan.

Dianna Tyobbe xususiy maktabda tarix va ingliz tilidan dars bergan. Jonatan Tyobbe harbiy zaxiraga kirishdan oldin dengiz flotida xizmat qilgan. U Virjiniya shtatining Arlington shahrida dengiz operatsiyalari boshlig‘i idorasida ishlagan.

Qizig‘i shundaki, uning rafiqasi Dianna sirlarni sotishda ishtirok etmagan. Ammo u kuzatuvchi bo‘lgani bois jinoiy sxemaning bir qismi sifatida ushlangan.

Tergovchilarning so‘zlariga ko‘ra, Jonatan Tyobbe yillar davomida yadroviy suv osti kemalari haqida ma’lumot to‘plagan.

“Men o‘z ishim davomida o‘zimdagi fayllarni sekin va tabiiy ravishda yig‘ishga juda harakat qildim, shuning uchun hech kim mening rejamdan shubhalanmasligi kerak”, deb yozgan u tergovchiga, ya’ni chet el hukumatida ishlaydi deb hisoblagan shaxsga.


Maqola muallifi

Teglar

Amerika Qo'shma Shtatlari yadroviy suv osti kemalari mahfiy sir

Baholaganlar

373

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing